23
03
2010
Uyg’onish faslining dillarga ajib bir iliqlik va ko’tarinkilik baxsh etuvchi shabadalari esa boshladi. Bu navro’z mujdasidir. Garchi mazkur ayyom har yili takrorlansa-da, kattayu kichik uni mo’jizani kutgandek orziqib qarshilaydi. Chunki yoshimiz va kasb-korimizdan qat’i nazar, barchamiz bahorni, bahoriy ne’matlarni, ko’klam nafasini sog’inib yashaymiz.
SHarq xalqlarining umrboqiy ma’naviy qadriyatlaridan biriga aylangan Navro’zimiz bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda ta’kidlanishicha, Navro’zning yuzaga kelishi koinot hamda tabiat sirlari va qonunlariga, ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishi, kun va tunning vaqt jihatdan barobar bo’lishi, bahorning kelishi, tabiatning uyg’onishi bilan bog’liqdir. Abu Rayxon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Navro’zni ta’riflab, ”olamning boshlanishi”, degan bo’lsa, Firdavsiy bu kunni “bayramlar shohi”, deb ataydi. Read the rest of this entry »
Comments : No Comments »
Categories : Qutlovlar
7
03
2010
В процессе последовательно осуществляемых под руководством Президента Ислама Каримова реформ, направленных на модернизацию и обновление страны, построение сильного гражданского общества, дальнейшее процветание Родины и повышение благосостояния народа, приоритетное значение имеет повышение активности женщин в обществе, их поддержка, защита прав и интересов.
Это еще раз находит свое подтверждение в мероприятиях, проводимых в Республике Каракалпакстан, областях и городе Ташкенте в связи с 8 марта – Международным женским днем.
Read the rest of this entry »
Comments : No Comments »
Categories : Общество |
7
03
2010
Yer yuzidagi milliardlab odamlar turfa tillarda gaplashadi. Lekin ularning hammasi ayol va onaga, sevikli yorga atalgan inju tilaklarini faqat bir tilda – yurak, qalb qo‘ri deyilmish zabonda izhor qiladilar. Va bundan cheksiz quvonadilar, eng aziz insonlarini beixtiyor sog‘inib, qumsab yashaydilar.
Aslida shunday lahzalarda dil so‘ylaydi. Chehradagi samimiyat, nigohdagi yolqinni barchaga birdek yetkazish uchun tarjimon shart emas. Balki ayol zotini, ona siymosini ta’riflashga til ojizligi xususidagi iboraning paydo bo‘lgani, Alisher Navoiydek so‘z mulkining sultoni ham volida va yor vasfiga mukammal “tashbeh topa olmay o‘tgani” ham shundandir.
Navoiy zamonidan buyon necha asr, qancha shoir o‘tdi. Ularning har biri eski mavzuni yangicha kuylashga, o‘ziga xos tarannum etishga intildi.
Read the rest of this entry »
Comments : No Comments »
Categories : ma'naviyat
7
03
2010
“Turkiston” saroyida xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 05.03.2010
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiyalash, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda bu jihatlar yana bir bor o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, iqtisodiyot, huquq, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar 5 mart kuni poytaxtimizdagi hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydilar.
Read the rest of this entry »
Comments : No Comments »
Categories : ma'naviyat
11
02
2010
Гель-хроматографик таҳлил.
Тақсимловчи хроматографиянинг турларидан фарқли ўлароқ гель-хроматографиясида қўзғалувчи ва қўзғалмас фаза сифатида бир хил эритувчи қўлланилади. Бунда қаттиқ-фаза яъни гель заррачалари устидан оқим бўйича харакатланувчи эритувчи қисми қўзғалувчи фаза вазифасини бажаради ва аниқланувчи аралашма компонентларини колонка бўйлаб харакатлантиради. Қўлланилаётган эритувчининг иккинчи қисми эса гел заррачалари ички ғавакларига шимилади ва шу холда қўзғалмас фаза вазифасини бажаради.
Молекулалар ўлчами турлича бўлган аралашмаларда моддаларни бир-биридан ажралиш содир бўлади, гел заррачаларида ғовакларнинг ўлчами бир хил бўлиб, у ўзидан кичик хажмли молекулаларни, ғоваклар ичига ўтказади. Текширилувчи аралашма гел орқали фильтрланганда кичик хажмли молекулалар гел ғовакларига шимилиб ғовакдаги эритувчида ушланиб қолади, катта йирик молекулалар эса гел заррачалари орасидан гел ғовакларига шимилмасдан қўзғалувчи эритувчи билан бирга харакатланади. Демак аввал йирик хажмли молекулалар ювилади, кичик хажмли молекулалар эса йирик молекулалардан сўнг ювилади. Шундай қилиб гел хроматографияси модда аралашмасини модда молекуласи хажмига ва массасига боғлиқ холда бир-биридан ажратади. Бу усул содда, тез ва энг кераклиги моддалар аралашмаси бошқа хроматографик турларига нисбатан анча енгил шароитда
Read the rest of this entry »
Comments : No Comments »
Categories : Ma'ruzalar 4 kurs farmatsiya
Recent Comments